Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish yanada takomillashtiriladi
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish va xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladigan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan fan olimpiadalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) umumta'lim fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasi;
b) Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tashkil etiladigan qo‘shimcha respublika olimpiadalari;
v) xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash olimpiadalari;
g) onlayn fan olimpiadalari;
d) nodavlat fan olimpiadalari va boshqalar.
Umumta'lim fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasi nazarda tutilgan fanlardan quyidagi to‘rt bosqichda:
a) birinchi bosqich – ta'lim muassasalarida;
b) ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida (bunda tuman (shahar) hududida ta'lim muassasalari soni 50 dan oshsa, tashkiliy qo‘mita qaroriga ko‘ra olimpiadaning tuman bosqichini dastlab hududlarga bo‘lingan holda tashkil etilishi mumkin);
v) uchinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
g) to‘rtinchi bosqich – respublika miqyosida o‘tkaziladi.
Asosiy fan olimpiadasida davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 9-10-11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining 1-2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. O‘quvchilar olimpiadalarda o‘z xohishlariga ko‘ra ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Asosiy fan olimpiadasining birinchi bosqichi uchun ta'lim muassasalarining direktorlari mas'ul hisoblanadi va tegishli o‘quv yilining boshidan 20 oktyabriga qadar o‘tkaziladi.
Birinchi bosqichda har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘oliblar (1-2-3-o‘rinlar) aniqlanadi va tashkiliy qo‘mita qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi uchun xalq ta'limi hududiy bo‘limlari mudirlari mas'ul hisoblanadi va tegishli o‘quv yilining kuzgi ta'til davrida o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1-2-3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi va hakamlar hay'ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Asosiy fan olimpiadaning uchinchi bosqichi uchun xalq ta'limi hududiy boshqarmalari boshliqlari mas'ul bo‘lib, tegishli o‘quv yilining qishki ta'til davrida o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi va ularga axborot tizimi orqali QR-kodli guvohnoma beriladi.
Asosiy fan olimpiadasining to‘rtinchi bosqichi uchun Xalq ta'limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mas'ul bo‘lib, tegishli o‘quv yilining may-iyun oylarida o‘tkaziladi.
To‘rtinchi bosqichda har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
13:06 / 21.10.2025
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
11:13 / 21.08.2025