Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Bu safar xavfsizlik nuqtayi nazaridan Harbiy-dengiz floti kunida har yili o‘tkaziladigan parad bekor qilingan.
Aleksey Danichev / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Vladimir Putin 27 iyul – Harbiy-dengiz floti kunida Peterburgga tashrif buyurdi va 23-27 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan «Iyul bo‘roni» harbiy-dengiz flotining tezkor mashg‘ulotlarini tekshirish uchun Bosh admirallikda bo‘ldi, deb xabar berdi Kreml.
Harbiy-dengiz floti kuni an’anaviy ravishda iyul oyining so‘nggi yakshanbasida Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan Bosh dengiz paradi bilan birga o‘tadi. Biroq bu yil parad bekor qilindi. Iyul oyi boshida «Fontanka» o‘z manbalariga tayanib, parad bekor bo‘lganini xabar qilgandi, 25 iyul kuni esa buni shahar transport qo‘mitasi tasdiqladi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov parad bekor qilinishini «umumiy vaziyat» va «xavfsizlik choralari» bilan izohladi.
Shu kuni ertalabdan Leningrad oblastida dronlar hujumi xavfi e’lon qilindi. Ertalab soat 10 atrofida oblast gubernatori Aleksandr Drozdenko «o‘ndan ortiq dronlar» yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Dron parchalari Gatchina, Kingisepp va Lomonosov rayonlari, Voyskovitsk aholi yashash punkti va Primorskdagi sanoat zonasi hududiga qulagan. Drozdenkoning so‘zlariga ko‘ra, Lomonosov rayonida hujum oqibatida bir ayol jarohatlangan.
Gubernator, shuningdek, «mobil internet signali qisman pasayishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bahordan beri Rossiyaning turli hududlari muntazam ravishda Ukraina dronlari hujumlari tufayli mobil aloqa uzilishiga duchor bo‘lmoqda. Rasmiylar buni xavfsizlik nuqtayi nazaridan izohlaydi.
Bundan tashqari, uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari tufayli Pulkovo aeroportida cheklovlar joriy etildi, bu besh soatdan ko‘proq davom etdi. 50 dan ortiq reyslar kechiktirildi, yana 22 tasi zaxira aerodromlariga yo‘naltirilgan.
Soat 12:00 atrofida dronlar hujumi xavfi bekor qilindi. «Agenstvo» nashri bungacha Leningrad oblasti bunday shiddatli havo hujumlariga duch kelmaganini ta’kidlab, bu safargi hujumni urush davridagi eng yirigi deb atagan. Shuningdek, 47news nashri yozishicha, bir kunda Leningrad oblastiga hujum qilgan dronlar soni rekord darajaga yetgan. Avvalgi rekord yanvar oyida qayd etilgandi – o‘shanda regionga to‘rtta dron hujum qilgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
16:38 / 31.12.2025
Odessaga dronlar hujum qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
12:35 / 31.12.2025