Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatirchi tumani kompleks rivojlantiriladi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan “2019-2021 yillarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi” ma'qullanishi mumkin.
Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan xotin qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish;
kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish;
muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
tuman markazi va boshqa aholi yashash joylari me'moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish;
yoshlarni madaniyat va san'at muassasalariga keng jalb etishga oid dasturga asosan 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni madaniyat va san'atga jalb etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bolalar musiqa va san'at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san'at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish;
yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida tumanda yengil konstruksiyali kichik sport zallari qurish;
aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019-2021 yillarda tumanda raqamli texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish va unda bepul ta'lim berish;
axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish;
tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va xotin-qizlar bandligini ta'minlash.
Belgilanishicha, dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga barcha manbalar hisobidan 1 246,0 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar yo‘naltiriladi;
sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 16 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 335 ta yangi ish o‘rni yaratiladi;
xizmatlar sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 30 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 281 ta yangi ish o‘rni yaratiladi;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 20 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 143 ta yangi ish o‘rni yaratiladi;
Xatirchi tumani markazi va 7 ta aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihasini amalga oshirish orqali arxitektura qiyofasini tubdan o‘zgartiriladi, bunda:
umumiy uzunligi 1 538,0 kilometrdan iborat mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar)ni ta'mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi (hozirgi kundagi jami 1 170 km ta'mirtalab yo‘llarning 14,7 foizi yoki 174,0 km ta'mirlanadi);
7 kilometr bo‘lgan tungi ko‘cha yoritish tarmoqlari tortiladi va 1 km mavjudlari ta'mirlanadi;
20 ta avtobekat quriladi, 10 ta avtobekat ta'mirlanadi;
ichimlik suvi ta'minoti tizimini yaxshilash maqsadida 100,0 kilometr yangi tarmoq hamda 2 ta suv inshooti quriladi, 55,0 kilometr tarmoqlar hamda 6 ta suv inshootlarini rekonstruksiya qilinadi va ta'mirlanadi (aholiga suv ta'minoti 11 %dan 33 % gacha yetkaziladi);
oqava suvi ta'minoti tizimini yaxshilash maqsadida 14,0 kilometr yangi tarmoq hamda 2 ta suv inshootini quriladi;
elektr energiya ta'minoti tizimini yaxshilash maqsadida 82,1 kilometr yangi tarmoq hamda 34 ta transformator quriladi;
gaz ta'minoti tizimini yaxshilash maqsadida 21,6 kilometr tarmoqlar rekonstruksiya qilinadi va ta'mirlanadi hamda 3 000 ta gaz balonlari aholiga yetkaziladi (gaz ta'minoti 100 % ga yetkaziladi);
davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1 ta maktabgacha ta'lim muassasasi quriladi, 5 ta maktabgacha ta'lim muassasasi rekonstruksiya qilinadi, 1 ta maktabgacha ta'lim muassasasi mukammal ta'mirlanadi hamda davlat xususiy sherikchilik asosida tumanda 20 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasi va 85 ta oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalari ishga tushiriladi buning natijasida maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovi 14 %dan 61 %ga yetkaziladi;
3 ta maktab quriladi, 36 ta maktab rekonstruksiya qilinadi, 12 ta maktab mukammal ta'mirlanadi hamda buning natijasida maktablardagi o‘quvchilar o‘quv sharoitlari yaxshilanadi hamda smena 1,5 dan 1.1 ga kamayishiga erishiladi;
1 ta tibbiyot muassasasi quriladi, 10 ta tibbiyot muassasasi rekonstruksiya qilinadi, 4 ta muassasa zamonaviy tibbiy asbob uskuna bilan ta'minlanadi hamda buning natijasida tibbiyot muassasalarda 91 ming nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi;
2 ta sport muassasasi rekonstruksiya qilinadi, 1 ta sport muassasasi mukammal ta'mirlanadi hamda buning natijasida sport muassasalarda 32 ming nafar aholiga sport xizmatlarni ko‘rsatish sifati yaxshilanadi;
5 ta boshqa va ijtimoiy soha obektlari quriladi;
irrigatsiya-melioratsiya sohasida, jumladan, 65,5 kilometr irrigatsiya va 12,7 kilometr melioratsiya obektlarini qurish va ta'mirlash ishlari bajariladi hamda buning natijasida 4 000 ga yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi;
22 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta'mirlanadi hamda atroflari obodonlashtiriladi (1 147 nafar aholining turmush sharoiti yaxshilanadi).
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025