Gaz kelajak avlodga qoladigan boylik, har xil shartnomalar bilan sotib yuboraverish kerak emas – Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida paxta va gaz masalasi xususida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Men ham tajriba orttiryapman. Kambag‘alchilikni qisqartirish vazirligini tashkil qildik, Xitoy tajribasini o‘rganyapmiz. Bir vaqtlar kambag‘al degan so‘zni ishlatmasdik. Lekin men o‘zim yashagan joyni bilmaymanmi, kambag‘allik yo‘qmi bizda?
Paxtaning orqasidan qancha ezildik, lekin baraka topmadik. 3 kun oldin 3 mln tonnalik marrani bajargandik. Lekin bu hatto televizorda ham ko‘rsatilmadi, chunki paxta manfaat keltirsagina kerak. Kimga kerak bo‘lsa, yetishtiraveradi.
Avvallari gaz sotardik, hozir sotib olishga tayyormiz. Chunki sanoatimizga katta miqdorda gaz kerak. Qashqadaryodagi GTL zavodimiz tayyor turibdi, lekin men ishga tushirishga shoshilmayapman. Chunki bunday zavod dunyoda beshta. Gazdan benzin olinadi, qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Gaz kelajak avlodga qoladigan boylik, har xil shartnomalar bilan sotib yuboraverish kerak emas”, deya prezidentlikka nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024