O‘zbekiston | 15:14 / 07.09.2019
7848
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarning ishga joylashishi to‘g‘risida hisobot beradi

2019/2020 o‘quv yili boshiga oliy ta'lim muassasasi statistika hisobotining yangi shakli tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
                    
«Kunduzgi ta'lim shaklidagi bakalavriat talabalarining kurslar, ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti» yillik hisobot shaklining 1-bo‘limiga tuzatishlar kiritildi. Quyidagilar ham ko‘rsatilishi lozim:

• to‘lov-kontrakt asosida o‘qigan bakalavriat bitiruvchilarining nechtasi egallagan bilimlari yoki o‘xshash ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha ishga joylashganligi, shuningdek boshqa faoliyat sohasiga ishga joylashganlar soni;
• grant asosida o‘qigan va ishga yo‘llanma olgan bakalavriat talabalarining nechtasi berilgan yo‘llanma bo‘yicha ishga joylashganligi.
 
Hujjat 4.09.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid