Mutaxassislar ta’kidlashicha, savdo xizmatlari sohasidagi o‘sish ichki bozor faolligi, aholi iste’mol talabining oshishi hamda xizmatlar tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liq.

Hududlar kesimida savdo xizmatlari hajmi (2025 yil yanvar–noyabr):

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,1 trln so‘m;
  • Andijon viloyati — 8,9 trln so‘m;
  • Buxoro viloyati — 8 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 5 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 8,6 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 4,4 trln so‘m;
  • Namangan viloyati — 9 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 11,1 trln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 7,8 trln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 2,1 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati — 14,4 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 12 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 4,4 trln so‘m;
  • Toshkent shahri — 58 trln so‘m.

Qayd etilishicha, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa poytaxtda savdo infratuzilmasi, xizmatlar ko‘lami va iste’mol bozorining faol rivojlanayotganini ko‘rsatadi.