Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyati FVV boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri bir qator harbiy xizmatchilarni lavozimlarga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi.
Podpolkovnik Xurshid Sotiyev Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Avval X. Sotiyev Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Podpolkovnik O‘lmas Meyliyev Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Avval podpolkovnik O‘. Meyliyev Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Podpolkovnik Abror Djamalov Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Avval podpolkovnik A. Djamalov FVV markaziy apparat Tezkor boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
13:58 / 17.02.2026
FVV qutqaruvchilari Nukusda cho‘kayotgan fuqaroni qutqardi
13:24 / 12.02.2026
Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi
11:10 / 12.02.2026
Qamchiq dovonida qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam ko‘rsatildi
08:14 / 08.02.2026