O‘zbekistondagi barcha shaharlarning bosh rejalari uzog‘i 4 yil ichida tasdiqlanadi
Shaharlarning o‘ziga xos muhiti va arxitekturasidan kelib chiqib, «dizayn-kod» ishlab chiqiladi.

Foto: Gelio / Livejournal
Prezident farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyaga asosan, 2025 yilga borib O‘zbekiston shaharlarining barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olish belgilandi.
Bosh rejalarni tasdiqlashda jamoatchilik fikri inobatga olinishi belgilab qo‘yildi.
2022 yil 1 iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an'anaviy arxitektura va madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy «dizayn-kod» ishlab chiqilib, joriy etiladi.
Strategiyaning 2025 yilgacha bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlariga quyidagilar ham kiradi:
- O‘zbekistonning geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda, 2025 yilga borib, milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish;
- loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning «hajm» uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;
- «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha 4ta elektron platforma yaratilishini, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta'minlash;
- «Biznes yuritish» xalqaro indeksida (Doing Business Index) «qurilishga ruxsatnomalar olish» (Dealing with Construction Permits) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;
- Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta'lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi OTMlari ro‘yxatiga (TOP–1000) kirishi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
Iqtisodiyot | 10:04 / 23.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Ukraina Ar-Riyozda yuk tashish xavfsizligi masalalarini muhokama qildi
Jahon | 19:03
-
Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat | 18:21
-
Farg‘onada maishiy chiqindi xizmati narxlari o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 18:18
-
Britaniyada 50 mingga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirilishi mumkin
Jahon | 18:16
Mavzuga oid

18:21
Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

09:11
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

21:34 / 21.03.2025
“Pushkin” bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi tushishi ma’lum qilindi

18:31 / 20.03.2025