2 qavatdan yuqori shaxsiy uylar qurilishida qurilish inspeksiyasi nazorati o‘rnatiladi
2021 yil 1 martdan boshlab, O‘zbekistonda 2 qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar, xususan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi hududiy qurilish inspeksiyalari nazoratiga olinadi.

Bunday obektlarning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi talab etiladi.
Bu – qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan. Strategiya 27 noyabr kuni prezident farmoni bilan tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi sohasini tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Hujjatda seysmik va yong‘in xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
- Qurilish-montaj ishlari asosiy faoliyat turi bo‘lgan tashkilotlardan tashqari, boshqa uy quruvchilarning jismoniy va yuridik shaxslarga mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida), qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurishi hamda rekonstruksiya qilishi;
- aholi punktlari hududlarining funksional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida ko‘p qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurish;
- loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko‘paytirish (ustki qavat qurish);
- o‘zgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) ko‘paytirish.
Loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi «Ekspert xulosalarining yagona reyestri»ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi. Davlat sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
-
Olotda 10 yoshli qiz eski quduqqa tushib ketib vafot etdi
Jamiyat | 11:32
-
Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

14:42 / 11.04.2025
Raqobat qo‘mitasi qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

14:09 / 08.04.2025
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi

13:10 / 02.04.2025
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin

13:38 / 28.03.2025