Vazirlar Mahkamasining ikki xodimida koronavirus aniqlandi
18 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 2 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
«Bugun ayni paytga qadar kasallik aniqlangan 15 nafar bemordan 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan.
Jumladan, ular orasida Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Hozirda paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz kecha, 17 iyun kuni o‘z manbalariga tayanib Vazirlar Mahkamasi departament mudiriga COVID-19 tashxisi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.
Bir necha manba hukumat binosi qat'iy karantinga olinib, barcha xodimlar koronavirusga test topshirayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi
15:25 / 19.11.2024
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
21:36 / 24.10.2024