Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir haftada muhtoj oilalarga 14,6 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi
Qayta tashkil etilgan xayriya markazlarida tarqatilgan oziq-ovqat va dori-darmonlar xarajati ma'lum qilindi.
Bugun, 23 iyul kuni AOKA shtabida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi ishtirokida brifing bo‘lib o‘di. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva qayta tashkil etilayotgan xayriya markazlarida aholi tarqatilgan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari xarajati haqida axborot berdi.
«Aholi murojaatlari hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida joriy yilning 14 iyulidan 22 iyuliga qadar respublikamiz miqyosida jami 145 154ta moddiy daromad manbayini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand oilalarga 14 mlrd 67 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 330ta oilaga esa qiymati 52 mln 400 ming so‘m miqdordagi dori-darmonlar joylarda tashkil etilgan xayriya markazlari tomonidan yetkazib berildi.
Ma'lumot sifatida aytish kerakki, joriy yilning 14 iyulidan boshlab, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari tashkil etildi. Markazlarning asosiy vazifasi homiy tashkilot va fuqarolar tomonidan xayriya qilingan oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini ehtiyojmand hamda karantin qoidalarining kuchaytirilishi munosabati bilan doimiy daromadsiz qolgan fuqarolarga yetkazib berishdan iborat», deya ma'lumot berdi Boymirzayeva.
Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasining 11 iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 1 avgustgacha joriy etilgan karantin davrida muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish uchun 20 mlrd so‘m ajratilgandi.
Mavzuga oid
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
21:59 / 27.11.2022