Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, davlat tomonidan hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan oğir ahvolga tuşib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinçi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib beriş orqali qöllab-quvvatlaş rejalaştirilmoqda.
Mazkur oilalar röyxatini işlab çiqişda quyidagi oilalarga birinçi navbatda e'tibor qaratiladi:
- ta'minot manbai bölmagan yolğiz keksalar, nogironligi bölgan, boquvçisidan ajralgan, oğir kasallari bor, köp bolali oilalar;
- ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boşqa daromad manbai bölmagan oilalar;
- ota-onasining ikkisini ham yöqotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoşlar şuğullanayotgan oilalar;
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bölgan oilalar;
- 14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlardan alohida yaşayotgan beva ayollar (beva erlar);
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi işsiz bölgan va iş izlovçi sifatida bandlikka kömaklaşiş markazlarida hisobda turgan oilalar;
- mehnatga layoqatli a'zolari bölgan, biroq ular heç qayerda işlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtinça mahrum bölgan (mavsumiy işçi, usta, mardikor, sartaroş, çet elda işini yöqotib qaytganlar, taksi haydovçisi, kafe, restoran işçisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.
Moddiy kömak yuklarini manzilli taqsimlaş hamda yetkazib beriş maqsadida mahalliy hokimlarning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosarlari boşçiligida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda Yoşlar agentligining vakillaridan iborat işçi guruhlar tuzildi, şuningdek, homiylik, xayriyalarni muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlarining faoliyati yölga qöyildi.
Homiylik, xayriyalarni muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlariga murojaatlarni qabul qilişni taşkil etiş maqsadida qisqa raqamli telefon tarmoği (call-center) işga tuşiriladi.
Şuningdek, volontyorlarga yordam körsatiş va qöllab-quvvatlaş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilandi.
Endilikda moddiy kömak yuklarini öz manziliga yetkazib berişda asosiy yordamçi bölgan volontyorlar mahalliy hokimliklar tomonidan zarur himoya vositalari – tibbiy kombinezon, tibbiy niqob, qölqop, dezinfeksiya vositalari, şuningdek, uzluksiz harakatlaniş uçun avtotransport vositalari (Damas, Labo, Gazel va b.q.) bilan ta'minlanadi.


















