Joriy yilning dastlabki 6 oyida muomalaga qo‘shimcha 4,1 trln so‘m naqd pullar chiqarilgan
2024 yilning birinchi yarmida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 458 trln so‘mni tashkil etgani holda, 2023 yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshgan.
2024 yil yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 30 foizga o‘sgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Hisobot davrida umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2023 yil birinchi yarim yilligidagi 38 foizdan 41 foizga o‘sib, uning tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan terminal tushumlari salmog‘i 40 foizdan 45 foizga yuqorilagan.
2024 yilning birinchi yarmida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 458 trln so‘mni (naqd pul tushumlari – 227 trln so‘m, berilgan naqd pullar – 231 trln so‘m) tashkil etgani holda 2023 yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshgan.
Banklarga naqd pullar tushumining tarkibiy tuzilishida keskin o‘zgarishlar kuzatilmagan.
2024 yilning 6 oyida bank kartalariga 468 trln so‘m mablag‘lar kirim qilingan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshgan va ushbu davrda bank kartalaridagi 107 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan.
Yanvar-iyun oylarida bank kartalariga kelib tushgan mablag‘larning 23 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davrida 24 foizni (2022 yilda 28 foizni) tashkil etgan.
Banklarga tushgan naqd pullarning ularga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab borildi.
Jumladan, Markaziy bank tomonidan 6 oy mobaynida muomalaga qo‘shimcha 4,1 trln so‘m naqd pullar chiqarilgan. 2024 yil 1 iyul holatiga umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 21,1 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foiz bandga pasaygan.
Mavzuga oid
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
23:37 / 23.10.2024
O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi - Markaziy bank
20:06 / 18.10.2024