Quvasoyda daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgan, zarar 2 mlrd so‘m atrofida – Ekovazirlik
Hokimlik mansabdor shaxslarining noto‘g‘ri qarorlari va noqonuniy topshiriqlari oqibatida ko‘chirilgan daraxtlar kelgusida nobud bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan yer maydonlariga ekilgan. To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi

Foto: Kun.uz
Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Quvasoy shahrining Huvaydo mahallasi hududidan oqib o‘tgan “Besholish” soy bo‘yidan 270 tup ko‘pyillik sog‘lom daraxtlar noqonuniy ko‘chirilishi holati bo‘yicha tegishli o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra ushbu yer maydonida ko‘pyillik qimmatbaho daraxtlar mavjudligiga qaramasdan, 2025 yil 22 yanvarda Quvasoy shahar hokimi tomonidan auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan.

Shuningdek, ushbu yer maydonida ko‘p qavatli turar joy binolari, yirik universal va ixtisoslashtirilgan savdo do‘konlari, supermarketlar, restoranlar qurish loyihasini amalga oshirish va auksion savdolariga chiqarish maqsadida yer maydoni 2 ta lotga bo‘lingan holda “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan.
Kelishish jarayonida Quvasoy shahar ekologiya bo‘limi tomonidan 2025 yil 3 fevralda “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘pyillik daraxtlar mavjud bo‘lgani sababli ushbu yer maydonida loyihani amalga oshirish mumkin emasligi ko‘rsatilgan va rad javobi berilgan. Shunga qaramasdan, Quvasoy shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. N.M.ning topshirig‘iga asosan 11–14 fevral kunlari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 270 tup (sasna, kashtan, katalpa, Yapon saforasi, tut, aylant) daraxt 16 ta joyga noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tqazilgan. 9 tup daraxt ko‘chirish jarayonida nobud qilingan.


Shuningdek, hokimlik mansabdor shaxslarining noto‘g‘ri qarorlari va noqonuniy topshiriqlari oqibatida ko‘chirilgan daraxtlar kelgusida nobud bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan yer maydonlariga ekilgan.
Daraxtlarni noqonuniy ko‘chirish natijasida tabiatga umumiy 1 mlrd 829 mln 437 ming 500 so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Vazirlik to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilganini bildirdi. Ammo Bosh prokuratura hali o‘rganish natijasini ma’lum qilgani yo‘q.
Kun.uz oldinroq Quvasoy shahar prokuraturasining shundoqqina qarshisida yuzlab daraxtlar “ko‘chirib o‘tqazish” bahonasi bilan qo‘porib tashlangani haqida surishtiruv e’lon qilgandi. Keyinchalik bu hudud aslida yashil jamoat parki ekani ma’lum bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WP: Zelenskiy va Trampning kelishuvi Rossiya elitasini cho‘chitib yubordi
Jahon | 12:13
-
O‘zbekiston bo‘ylab 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi
O‘zbekiston | 12:12
-
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
O‘zbekiston | 11:43
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
Mavzuga oid

21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

17:06 / 28.04.2025
“Sudlashib, Toshkentdagi mingdan ziyod daraxtlarni asrab qolganmiz” - ekofaol Alisher Nasimov

07:35 / 25.04.2025
O‘zbekistonning ko‘p asrlik 9 tup daraxti maxsus xalqaro ro‘yxatga kiritildi

16:12 / 10.04.2025