Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bo‘ylab «Keksalar haftaligi» o‘tkaziladi
2021 yilning 4-10 oktabr kunlari respublika bo‘ylab “Keksalar haftaligi”ni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas'ul xodimi Farhod Eshmo‘minov ma'lum qildi.
“Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili oktabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan, 4-10 oktabr kunlari ushbu haftalik tashkil etiladi. Haftalik doirasida joylarda qator ma'naviy-ma'rifiy, sport, obodonlashtirish va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi”, dedi vazirlik mas'uli.
Ma'lum bo‘lishicha, haftalik davomida:
- pensioner, yakka va yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga ko‘maklashiladi, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi;
- turli sohalarda faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan keksa avlod vakillari ishtirokida uchrashuvlar uyushtiriladi;
- malakali shifokorlardan tashkil topgan “Tibbiyot avtobuslari” orqali respublikamizning barcha hududlari, jumladan, chekka va olis hududlarda joylashgan mahallalarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda zarur dori-darmon vositalari bilan ta'minlanadi;
- nogironligi bor keksa ayollarga reabilitatsiya vositalari, ya'ni nogironlik aravachasi, hassa va qo‘ltiqtayoq, eshitish moslamalari taqdim etiladi;
- “100 yosh bilan yuzlashganlar” nomli kitob-albom, “Keksalik va ma'naviy meros”, “Keksalari e'zozlangan yurt” nomli risolalar taqdimoti o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:53 / 05.10.2019
IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari «Keksalar haftaligi»da faol ishtirok etmoqda
18:46 / 02.10.2019
Keksalarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligi yanada oshadigan bo‘ldi
16:00 / 28.09.2019
O‘zbekistonda «Keksalar haftaligi» belgilandi
10:27 / 05.09.2019