Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi örni va ijtimoiy faolligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, BMT Boş Assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan e'lon qilingan “1 oktabr – Xalqaro keksalar kuni”ni har yili mamlakatimizda munosib nişonlaş maqsadida oktabr oyining birinçi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.
Özbekiston Respublikasi IIV Malaka oşiriş instituti professor-öqituvçilari tomonidan joylarda içki işlar organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça ötkazilayotgan sayyor öquv yiğinlari doirasida keksa avlod vakillarining holidan xabar oliş ham an'anaga aylanib bormoqda.
Jumladan, yakka yolğiz qariyalarning xolidan xabar olinib, ularning şart–şaroitlari bilan tanişişga, ijtimoiy muammolarini eşitiş va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ularning yeçimini topişga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Institut xodimlarida qariyalarimizning serqirra umr yöllari töğrisidagi hayotiy hikoyalari katta taassurotlar uyğotmoqda. Zero, keksalar qalbi öqilmagan kitobdir.
– Qarilik qursin, közim yaxşi körmay qolgan, – deydi Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxtaköpir tumani “Oydin köl” mahallasida yaşovçi, 75 yoşli onaxon Şaydoxon Örazimbetova. – Sizlarni taniyolmay turibman. IIV Malaka oşiriş instituti katta öqituvçisi Abdulla Badalxöjayevning biz sizni körgani keldik, degan sözlari onaxoni tölqinlantirib yubordi, şekilli. Avvalo ming kilometr yöl bosib, meni körgani uçun kelganlaringiz uçun minnatdorman. Turli sohalarda işladim, bugun keksalik gaştini suryapman. Vaqt öz ta'sirini körsatar ekan. Bugun soğligim yaxşi emas, öğlim 1976 yilda tuğilgan Irza Abdullaçorov ham kasalvand bölib qoldi. Sizlar kabi saxovatli insonlar bor ekan, holimizdan xabar olib turişadi. Katta rahmat. Soğliğimni tiklaş uçun mahalliy idoralar bilan birgalikda davolanişim uçun yordam bermoqçi ekanligingiz meni juda xursand qildi. Maşaqqatli xizmatlaringizda omadlar tilayman.
– Uyda kampirim bilan ötirgan edik, kelinim şoşib kirib, uyga mehmonlar kelişdi, deb menga xabar berdi. Keyin bilsam, poytaxtimizdan IIV Malaka oşiriş institutining bir guruh xodimlari ekan, “1 oktabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni” bilan tabriklaşdi, suhbatlaşdik, közimga yoş keldi, kayfiyatim kötarildi, – deydi Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Kokildor ota” mahallasida yaşovçi, 78 yoşli Qözimurod hoji ota Şobirov. – 50 yil ta'lim sohasida mehnat qildim, yoşlarga tumanimizdagi 9-sonli umumta'lim maktabida “Fizika” fanidan saboq berdim. Bundan taşqari, öğil bolalarga sportning kuraş turidan murabbiylik qilganman. Şogirdlarim içida bir neçtasi Özbekiston çempioni, xalqaro musobaqalarda sovrindor bölgan, ya'ni şogirdim Samijon Ubaydullayev milliy kuraş böyiça Özbekiston çempioni, yana bir şogirdim Behruz Omondavlatov yaqinda Rossiya Federatsiyasida sportning dzyudo turi böyiça ötkazilgan jahon çempionatida sovrindor bölganligi bilan faxrlanaman. Ollohga şukr, turmuş örtoğim bilan 3 nafar öğil, 2 nafar qizni voyaga yetkazib, öqitib, oilali, uy-joyli qilib, xalqqa nafi tegadigan inson qildik, bundan ortiq baxt bormi, bugun endi qarilik gaştini surib ötiribmiz. Içki işlar vazirligi rahbariyatiga öz minnatdorligimni bildiraman, xalqning tinçlik-osoyiştaligini ta'minlaşda qilayotgan işlaringizda omadlar tilab, sizlarni duo qilib qolaman.

– Turmuş örtoğim bilan 5 nafar qiz, 2 nafar öğilni voyaga yetkazdik, deydi Angor tumani Uluğbek nomli mahallada yaşovçi, 83 yoşli Rohiya momo Xayitova. – 40 yil jamoa xöjaligida paxta dalasida mehnat qildim. Turmuş örtoğim 20 yil avval qazo qilgan, katta öğlim 5 yil burun kasallik tufayli vafot etgan. Yaqinda 4 oy oldin kiçik öğlim ham yöl-transport hodisasida vafot etdi, 5 ta qizdan 3 tasi turmuşidan ajrab kelib, mening qaramoğimda, 14 nafar nevaram bor. Oilamiz qiynalganida, musibat tuşganida qöni-qöşnilarim, qişloqdoşlarimga rahmat, ular qarab turişmadi, qöllaridan kelguniça hozirgi kunga qadar ham yordam berişmoqda. Men sizlarni körib, quvonib ketdim, poytaxtdan uyimga kelib, mendan hol-ahvol söraganligingiz uçun sizlarga, sizlar orqali Içki işlar vazirligi rahbariyatiga özimning rahmatlarimni aytib, yurt tinçligi yölidan qilayotgan mehnatlaringizda zafarlar tilayman.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Çimboy tumani “Temiryöl” guzarida yaşovçi, 1952 yilda tuğilgan Bozorboy Örazimbetov bilan ötkazilgan suhbat jarayonida uning 1979 yilda tuğilgan öğli Jalğasbay Örazimbetov 1-guruh nogironi ekanligi, uning közi körmasligi, oilasi ijtimoiy himoyaga muhtojligi ma'lum böldi. Uyining tomini yopişda amaliy yordam körsatişni söradi. Tuman hokimligi tomonidan B.Örazimbetovning uy tomini ta'mirlab beriş böyiça çora-tadbir belgilandi.
– Turmuş örtoğimdan ajrab qolganiga ança yil böldi, 2 nafar qizim, 1 nafar öğlim bor, hozir öğlim, kelinim, 3 nafar nevaram bilan birga umrguzaronlik qilmoqdaman, – deydi Jarqörğon tumani “Uluğbek” mahallasida yaşovçi, 72 yoşli Ulaxon momo Safarova. – Közim körmay qolganiga bir neça yil böldi, kelinimga rahmat, mening issiq-sovuğimdan xabar oladi, men 40 yildan ortiq jamoa xöjaligida oddiy işçi bölib işladim. Sizlarga öz minnatdorligimni bildiraman, yurt tinçligini saqlaşda keça-yu kunduz mehnat qilyapsizlar. Sizlarga soğliq-salomatlik, işlaringizda rivoj tilayman, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Çimboy tumani T.Soyimbetov köçasida yaşovçi Aytboy Jolombatov, Taxtaköpir tumani “Oydin köl” mahallasida yaşovçi Gulparçin Boyzakova, Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani “Yangi şahar” mahallasida istiqomat qiluvçi Baxtiyor Mirzayev kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ham holidan xabar olindi.
Şu bilan birga, Institut jamoasining uşbu hududlardagi “Saxovat” uylaridagi keksa avlod vakillarining holidan xabar olinganligi ularga bir olam quvonç bağişladi.












