Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud qarorini bajarmagan mansabdorlarga «oshib boradigan» jarima qo‘llanadi
O‘zbekistonda sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilgan. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, mansabdor shaxslar ma’muriy sud qarorini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan “oshib boradigan” jarima va boshqa huquqiy choralarni qo‘llash tartibini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
Sudlar tomonidan ijro varaqalarini inson omilisiz elektron shaklda yuborish imkonini beruvchi elektron platformani yaratish orqali ushbu jarayon to‘liq raqamlashtiriladi.
Ijro jarayonini shaffof tarzda masofadan turib onlayn kuzatib borish imkonini yaratish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishning muqobil usullaridan foydalanish ko‘lami kengaytiriladi.
Ijro etishning muqobil mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslari yaratiladi. O‘zaro qarzdorlikni tartibga solish, hisob-kitob qilish va undirish institutlari va mexanizmlari joriy etiladi.
Mavzuga oid
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025