O‘zbekiston | 11:46 / 11.09.2018
30764
2 daqiqa o‘qiladi

UzCard kartadagi pullarni muzlatish haqida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ

"Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish” xizmati mamlakatda faoliyat olib borayotgan hamda UzCard to‘lov tizimiga integratsiya qilingan barcha mobil ilova platformalari uchun qo‘shimcha imkoniyatdir, deya xabar berdi kompaniya.

“Zamonaviy hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan elektron tijorat sohasidagi yangi xizmatlar kun sayin yangi imkoniyatlar bilan kengayib bormoqda. Bugun har birimiz ushbu qulay texnologik imkoniyatlarsiz hayotimizni tasavvur etolmaymiz. Jumladan, kompaniyamiz ham kundan-kunga rivojlanib, o‘z hamkorlariga yangi xizmatlarni taklif qilib kelmoqda. Bulardan biri yaqin kunlarda mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan “Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish” xizmatidir”, - deyiladi xabarda.
 
Muzlatish so‘zi inglizcha “hold” so‘zidan olingan bo‘lib, ekvayyer tomonidan bank kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovning bank-emitent tomonidan ushlab qolinishi degan ma'noni anglatadi.  

Yangi xizmatimizdan foydalangan karta egasi mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lovni amalga oshirishdan avval, amalga oshiriladigan to‘lov miqdorini “muzlatish” imkoniyatiga ega bo‘ladi. Misol uchun, biron bir mobil ilova orqali mahsulotga buyurtma berildi va mahsulot yetkazilganida talablarga javob berilmagan holat kuzatilganida to‘lovga ajratilgan pul miqdori oldindan muzlatilganligi sababli karta hisobiga qaytarilishi mumkin. Agar mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lov bekor qilinmoqchi bo‘lsa, pul miqdori “muzlatilgan” statusidan yechiladi va to‘liqligicha qaytib karta balansiga qaytariladi. Ungacha ushbu pul miqdori “muzlatilgan” holda turaveradi. Ushbu xizmat turi ishtirokchilari xaridor, merchant va Yagona umumrespublika protsessing markazi hisoblanadi. 

Mavzuga oid