Bu holatda Samsung Pay Rossiyani töliq tark etayotgani yöq: servisga loyallik kartalari orqali ulaniş va undan foydalaniş imkoniyati saqlanib qoladi. Şuningdek, Samsung Pay’dagilar servisdan «Mir» kartalarining öçirilişi uşbu kartalardan jismoniy (plastik karta) holatda foydalanişga ta’sir körsatmasligiga urğu bergan.

Google Pay va Apple Pay xalqaro tölov tizimlari singari Samsung Pay ham Rossiya banklari tomonidan muomalaga çiqarilgan Visa va MasterCard kartalari bilan işlaşni 2022 yilning mart oyida bas qilgandi. Lekin u “Mir” tölov kartalari bilan işlayotgan yagona xalqaro tölov servisi sifatida qolayotgan edi. “Mir” tölov tizimi operatorining 2024 yilning fevralida AQŞ sanksiyalar röyxatiga kiritilişi vaziyatni özgartirgan.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasining boşqa bölinmalari ham Rossiya bilan işlaşni bas qilgan edi. Masalan, Samsung Heavy Industries «Zvezda» kemasozlik kompaniyasi bilan imzolangan şartnomaga köra Arktika muzliklarida suza oladigan suyultirilgan tabiiy gaz taşuvçi kemalar uçun asbob-uskunalar işlab çiqarişni töxtatgan.

Samsung Electronics esa öz mahsulotlarini rasman Rossiyaga yetkazib beriş va u yerda maişiy texnika işlab çiqarişni töxtatgan. «Izvestiya» naşri hamsuhbatlaridan biri Janubiy Koreya brendi Ukrainadagi uruş tugamagunça Rossiyaga qaytmasligini ta’ikdlagan.

Samsung barça xorijiy yirik kompaniyalar kabi Rossiya bilan hamkorlik tufayli AQŞ tomonidan ikkilamçi sanksiyalarga duçor bölişdan çöçimoqda.