Toşkent şahrida yaşovçi 28 yoşli ayol N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln söm miqdoridagi pul mablağlari noma’lum şaxs tomonidan firibgarlik yöli bilan özlaştirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toşkent şahrida yaşovçi X.R. sodir etganligi aniqlangan.

Unga köra, X.R. jabrlanuvçi N.A.ning qöl telefoniga qönğiroq qilgan va özini tölov xizmatlaridan birining xodimi sifatida taniştirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum bölayotganligini aytib, SMS xabarnoma yuboriş orqali  boşqaruv huquqini qölga kiritib, 110 mln söm miqdoridagi pullarni ötkazib olganligi ma’lum böldi.

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.