O‘qituvchilarga ijtimoiy uylar va avtomashinalar uchun imtiyozli kreditlar beriladi
O‘zbekistonda o‘qituvchilarga imtiyozli kreditlar asosida ijtimoiy uylar va avtomashinalar berilishi kutilmoqda. Shuningdek o‘qituvchilarning oila a'zolariga yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qoramol va parrandalar sotib olish, issiqxonalar, limonariylar kabilarni yaratish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
KUN.UZ muxbiri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan yig‘ilish yakunlari to‘g‘risida bergan ma'lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda o‘qituvchilarning ish haqi oshiriladi. Gazeta va jurnallarga majburiy obunalar bekor qilinadi. Ortiqcha yozuv-chizuvlarga barham beriladi. XTV bilan muvofiqlashtirilmagan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Xalq ta'limi tizimi xodimlarining turli tozalash ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
09:30 / 22.11.2024
“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
20:43 / 09.11.2024