Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros agentligiga prokuror rahbar bo‘ldi
Bahodir Abdikarimov Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. U bungacha Bosh prokuratura mas’ul xodimi lavozimida ishlagan.
Foto: Madaniy meros agentligi axborot xizmati
Vazirlar Mahkamasining 2 iyundagi qarori bilan Bahodir Ganjiyevich Abdikarimov Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori lavozimiga tayinlandi Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Bahodir Abdikarimov tayinlovga qadar Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
U 29 may kuni Madaniy meros agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan Shahriyor Nurulloyevning o‘rnini egalladi. Nurulloyev ushbu lavozimda yarim yil ham ishlamadi.
Ma’lumot uchun, 2021 yil aprel oyida prezident farmoni bilan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va xorijdagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni o‘rganish markazi asosida Madaniy meros agentligi tashkil etilgandi. Agentlik davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulkini asrash bo‘yicha ishlarning buyurtmachisi sifatida belgilangan.