O‘zbekiston | 18:10 / 26.10.2019
45973
2 daqiqa o‘qiladi

SSP raisi o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

O‘tkir Bo‘tayev/Foto: chamber.uz

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan O‘tkir Bo‘tayev hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

O‘. Bo‘tayev 1971 yil Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

U o‘z faoliyati davomida AT «Paxta Bank» Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, Markaziy bankning Qashqadaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i, «Mikrokreditbank» ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2015 yildan hozirgi vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a'zosi, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev hamda hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov ishdan ketgani xabar qilingandi.

Xurram Jo‘rayev Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlangan. Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov Mirishkor tumani hokimi lavozimini egallagan.

Mavzuga oid