Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari Xurram Jörayev hamda hokimning qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Baxtiyor Rajabov ham işdan ketdi. 

Xurram Jörayev
Baxtiyor Rajabov

Bu haqda xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma'lum qilindi.

X. Jörayev 2016 yildan beri Qaşqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari edi. B. Rajabov esa 2018 yilda Qaşqadaryo viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangandi.

Öz navbatida, Xurram Jörayev Çiroqçi tumani hokimi etib tayinlangan. Hokimning qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Baxtiyor Rajabov Mirişkor tumani hokimi lavozimini egallagan.

Sessiyada iştirok etgan prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov vazifasidan ozod etilgan viloyat hokimi örinbosarlariga prezident tomonidan sönggi imkoniyat berilganini aytgan.

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahri, Çiroqçi va Mirişkor tumanlari hokimlari işdan olingani xabar berilgandi.

Çiroqçi tumanida Rustam Jöraqobilov hokim edi. U bu lavozimda 2017 yilning 16 martidan beri işlayotgandi. Mirişkor tumanining endilikda sobiq hokimi Ravşan Komilov ham lavozimiga 2017 yilning 16 martida tayinlangan.