Qaşqadaryo viloyati hokimiga yangi birinçi örinbosar tayinlandi.
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari sifatida işlab kelgan Ötkir Bötayev hokimning birinçi örinbosari lavozimini egalladi.
O‘. Bötayev 1971 yil Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida tuğilgan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati.
U öz faoliyati davomida AT «Paxta Bank» Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi, Markaziy bankning Qaşqadaryo viloyat Boş boşqarmasi boşliği, «Mikrokreditbank» ATB boşqaruv raisi örinbosari va birinçi örinbosari bölib işlagan.
2015 yildan hozirgi vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasining a'zosi, 2017 yilda Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari etib tayinlangan.
Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari Xurram Jörayev hamda hokimning qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Baxtiyor Rajabov işdan ketgani xabar qilingandi.
Xurram Jörayev Çiroqçi tumani hokimi etib tayinlangan. Hokimning qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Baxtiyor Rajabov Mirişkor tumani hokimi lavozimini egallagan.









