«Angren» iqtisodiy zonasi koreyslarning ishonchli boshqaruviga beriladi
Toshkent viloyati hududidagi «Angren» iqtisodiy zonasi «Inchxon» erkin iqtisodiy zonasi boshqaruviga beriladi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Je Inning O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes-forum vaqtida kelishuvga erishilgan.
Biznes forumda ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishilgan.
«Angren» iqtisodiy zonasini «Inchxon» erkin iqtisodiy zonasi boshqaruviga berish, «Bo‘stonliq-farm» hududida eng zarur dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlar alohida e'tiborlidir», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident Janubiy Koreya ishbilarmonlarini mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yangi imkoniyatlardan faol foydalanishga chaqirgan.
Bundan avvalroq, Epsilon Development Company (AQSh) Avstriyaning Oberhofer Projektmanagement kompaniyasi bilan sheriklikda «Angren» erkin iqtisodiy zonasida metall konstruksiyalar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurishga 100 million yevro investiya kiritishi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Rossiyadagi xususiy kompaniya - «ProgressGorTex» MChJ sho‘'ba xo‘jalik jamiyati ishonchli boshqaruvchi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etilishi ma'lum bo‘lgandi.
Fevral oyida esa prezident «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ni investorlarning ishonchli boshqaruviga berish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Shu yilning 10 apreldagi hujjatga ko‘ra, Indoneziyaning «RT Trans Asia Resources» kompaniyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni dastlabki sotib olish to‘lovi 16 000 000 (16 million) AQSh dollari miqdorida nazarda tutilgan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy shartlarga muvofiq oladi.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi
02:35 / 12.11.2024