Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Farğona neftni qayta işlaş zavodini töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat “Farğona neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ (FNQIZ) modernizatsiya qiliş va işlab çiqariş quvvatlaridan töliq foydalaniş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş hisobiga neft-gaz tarmoğining barqaror rivojlanişini ta'minlaş, işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşiriş uçun töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va “Özbekneftgaz” AJning FNQIZ ustav kapitalidagi “Özneftmahsulot” AJning 100 foiz uluşini “Özneftmahsulot” AJ va “Özbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat uluşini tegişli ravişda uşbu beriladigan uluşning balans qiymati summasiga kamaytiriş hisobiga Agentlikka beriş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Hujjatga köra quyidagilar:

Agentlik, Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşki savdo vazirligi, Energetika vazirligi va “Özbekneftgaz” AJ tomonidan “RT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasi bilan Farğona neftni qayta işlaş zavodini modernizatsiya qiliş va töliq quvvat bilan işlaşini ta'minlaş böyiça investitsiya loyihasini töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş orqali amalga oşiriş töğrisida kelişuvga erişilgan;

investor FNQIZga egalik qiliş, uni modernizatsiya qiliş va uning işlab çiqariş quvvatlari töliq işlaşini ta'minlagan xolda keyinçalik foydalaniş uçun yetakçi xalqaro kompaniyalardan iborat bölgan konsorsium taşkil etişni rejalaştirgan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agentlik, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda FNQIZ ustav kapitalidagi davlat uluşini investorga sotiş böyiça asosiy şartlarni, investorning loyihani amalga oşiriş, şu jumladan taşqi moliyalaştirişni jalb etiş böyiça majburiyatlari va mas'uliyatini belgilaşni közda tutgan holda tasdiqlaydi.

Agentlik FNQIZ ustav kapitalidagi 100 foiz uluşni sotiş böyiça kelişuvning dastlabki sotib oliş tölovi 16 000 000 AQŞ dollari miqdorida nazarda tutilgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy şartlarga muvofiq investor bilan tuzilişini ta'minlaydi.

Belgilab qöyilişiça: