AQŞdagi Epsilon Development Company Avstriyaning Oberhofer Projektmanagement GmbH kompaniyasi bilan şeriklikda «Angren» erkin iqtisodiy zonasida metallni osinkovka qiliş va turli metall konstruksiyalar işlab çiqariş şuğullanuvçi yangi zavod qurmoqçi. Amerika kompaniyasi matbuot xizmati xabariga köra, yangi zavod qurişga 100 million yevro miqdorida investitsiya kiritiladi.
Hamkor kompaniyalar mazkur loyihani amalga oşiriş uçun «Pölat innovatsion tizimlar» xorijiy korxonasini tuzişgan. Ayni vaqtda axborot töplaş va texnik şartlarni kelişiş jarayoni ketmoqda.
Ma'lum bölişiça, zavodning loyiha quvvati yiliga 50 ming tonna pölatni taşkil etadi. Rejaga köra, mahsulotlar nafaqat içki bozor uçun, balki eksport uçun ham yönaltiriladi.
Korxonada 200—250ta yangi iş örni yaratiladi.
Qayd etiş kerakki, Özbekistonda quriliş işlari avj olişi barobarida quriliş materiallariga ehtiyoj keskin darajada ösdi va ayni vaqtda köplab mahsulotlar çetdan import qilinmoqda.
Ma'lumot uçun, Epsilon Development Company amerikaliklarning şu nomdagi kompaniyasi tarkibida bölib, asosiy kompaniya ayni vaqtda Özbekistonda tabiiy gaz qazib oliş bilan şuğullanmoqda. Mart oyi boşida uşbu kompaniya respublikadagi 5ta gaz konida iş olib boriş huquqini qölga kiritgandi. Amerikaliklar Qaşqadaryo viloyati hududidagi «Tolimarjon» havzasida gaz qazib olişni boşlaydi. 2019 yildan 2024 yilgaça Epsilon Development va Epsilon Asia Limited (Hongkong) Özbekistonda neft va gaz qazib oliş sohasiga 5,2 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritişi kutilmoqda.












