Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyatini boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorini imzoladi.
Adliya vazirligining telegramdagi kanalida xabar qilinişiça, qarorga muvofiq, «ProgressGorTex» MÇJ (Rossiya Federatsiyasi) şö'ba xöjalik jamiyati-işonçli boşqaruvçi «Özbekiston temir yöllari»AJning «Özbekkömir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalari paketining işonçli boşqaruvçisi sifatida jalb etiladi.
Şuningdek qaror bilan, «Özbekkömir» AJga istisno tariqasida, aksiyalarni işonçli boşqaruvga topşirilişiga qadar, «ProgressGorTex» MÇJ bilan kelişgan holda tegişli ravişda ekspertizadan ötkazilgan kon-transport va yordamçi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari ötkazmasdan, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş asosida yetkazib beriş böyiça töğridan-töğri şartnomalar tuzişga ruxsat berildi.
«Endilikda, kömirlar narxi operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bölmagan rentabellik darajasi asosida şakllantiriladi, yoqilği-energetika resurslari narxlari qayta körib çiqilişi bilan uyğun ravişda qayta körib çiqiladi», deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq, prezident «Özbekkömir»ga professional taşqi boşqaruvçini jalb etiş böyiça topşiriq bergani xabar qilingandi.
Ma'lumotlarga köra, «ProgressGorTex» 2018 yil 15 oktyabrda Nikolay Gennadeviç Yemelyanov tomonidan taşkil etilgan. Yemelyanovning boşqa kompaniya, «Selena» MÇJ böyiça şerigi Doniyor Komilovdir - Gazprombank sobiq top-menejyeri. Doniyor Komilov 2010-2014 yillarda Gazprombankning «Upravlyayuşçaya kompaniya — Strategiçeskiye aktivi» YoAJ tuzilmasi rahbari bölgan. Şuningdek, 2015-2016 yillarda u «Uralmaşzavod» direktorlar kengaşiga kirgan.








