Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Farğona neftni qayta işlaş zavodini töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzolagani xabar berilgandi. Unga köra, «Farğona neftni qayta işlaş zavodi» (FNQIZ) xorijiy investorga sotiladi.

Ma'lum bölişiça, zavod modernizatsiya qiliş va töliq quvvat bilan işlaşni ta'minlaş böyiça investitsiya loyihasini töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş orqali amalga oşiriş doirasida sotilmoqda.

Investor FNQIZga egalik qiliş, uni modernizatsiya qiliş va uning işlab çiqariş quvvatlari töliq işlaşini ta'minlagan holda keyinçalik foydalaniş uçun yetakçi xalqaro kompaniyalardan iborat bölgan konsorsium taşkil etişni rejalaştirgan.

RT Trans Asia Resources (Indoneziya) FNQIZ ustav kapitalidagi 100 foiz uluşni dastlabki sotib oliş tölovi 16 000 000 AQŞ dollari miqdorida nazarda tutilgan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy şartlarga muvofiq oladi.

Investor FNQIZga egalik qiliş huquqini olgandan söng ön tört oy davomida xöjalik yurituvçi sub'yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablağlarini hisobdan çiqariş töğrisidagi qonun hujjatlarining talablari FNQIZni investorga sotişgaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari oldida FNQIZ qarzdorligi mavjudligi munosabati bilan uning bank hisobvaraqlariga qöyiladigan talablarni qanoatlantiriş uçun FNQIZ bank hisobvaraqlariga joriy etilmaydi.

FNQIZga qöllaniladigan imtiyozlar, yengilliklar va subsidiyalar, uşbu qaror qabul qilingan sanaga qadar FNQIZga taqdim etilgan barça litsenziyalar va boşqa ruxsat beruvçi hujjatlar ularning amal qiliş muddati tugagunga qadar öz ta'sir kuçini saqlab qoladi.

Bundan taşqari, 2021 yil 1 aprelga qadar FNQIZ tomonidan öz ehtiyojlari uçun belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça çetdan olib kelinadigan, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan uskuna, texnika, maşina va mexanizmlar, butlovçi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, quriliş materiallari, asboblar, texnologik jihozlar, priborlar, dasturiy ta'minot, texnik hujjatlar va sarf materiallari bojxona tölovlaridan (qöşilgan qiymat soliği va bojxona yiğimlaridan taşqari) ozod etiladi.