Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda eng boy 500 kishining boyligi 10 trillion dollardan oshdi
Yetakchilar – texnologiya sohasi vakillari, ularning yillik umumiy daromadi 903 milliard dollarga teng bo‘ldi.
Foto: Justin Merriman/Bloomberg
2024 yilda 500 nafar eng boy odamning umumiy boyligi 10 trillion dollardan oshdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Yetakchilar – texnologiya sohasi vakillari, ularning yillik umumiy daromadi 903 milliard dollarga teng bo‘ldi.
«Sakkizta texnologiya gigantining o‘zi bu yil 600 milliard dollardan ko‘proq daromad oldi, bu Bloomberg ryyetingidagi 1,5 trillion dollarlik o‘sishning 43 foizini tashkil qiladi», deyiladi xabarda.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvar holatiga eng boy o‘n nafar kishi ro‘yxati quyidagicha:
- Ilon Mask - 432 milliard dollar (Tesla va SpaceX rahbari)
- Jyeff Bezos - 239 milliard dollar (Amazon asoschisi)
- Mark Tsukerberg - 270 milliard dollar (Meta rahbari)
- Larri Ellison - 192 milliard dollar (Oracle sobiq rahbari)
- Bernard Arno - 176 milliard dollar (LVMH rahbari)
- Larri Peyj - 168 milliard dollar (Google asoschisi)
- Bill Geyts - 159 milliard dollar (Microsoft asoschisi)
- Sergey Brin - 158 milliard dollar (Google asoschisi)
- Stiv Ballmer - 147 milliard dollar (Microsoft sobiq rahbari)
- Uorren Baffet - 142 milliard dollar (Berkshire Hathaway rahbari)
Mavzuga oid
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
09:08 / 23.12.2025
O‘zbekiston kapital bozorida zamonaviy moliyaviy instrumentlar joriy etiladi
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025