Sport | 12:13 / 04.10.2016
5402
1 daqiqa o‘qiladi

«Shalke-04» Bundesligadagi ketma-ket 5 uchrashuvda yutqazdi, jamoaning oltinchi o‘yiniga qancha muxlis keldi?

Gelzenkirxenning «Shalke-04» Bundesligadagi 5 uchrashuvda yutqazdi, jamoaning oxirgi o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga 62271 muxlis tashrif buyurdi.

Feltins-Arena stadionidagi o‘rindiqlar soni 62271ta.

Jamoa oltinchi turda «Borussiya» M jamoasini qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gelzenkirxenliklar jamoasi 1-turda Frankfurtning «Ayntraxt»idan 0:1 hisobida yengilgandi. Keyin «Bavariya» (0:2), «Gerta» (0:2), «Kyoln» (1:3) va «Hoffenhaym» (1:2) jamoalaridan mag‘lub bo‘lindi.

Ayni vaqtda Markus Vayntsirl shogirdlari 3 ochko bilan 18 jamoadan iborat turnir jadvalida 16-o‘rinni band etgan.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid