Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«2018 yil: Kim nima o‘qidi?» – So‘rovnomada ishtirok eting!
Kun.uz “2018 yil: Kim nima o‘qidi?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Uning natijalari orqali yakunlanayotgan yilda kitobxonlarimiz tomonidan eng ko‘p o‘qilgan kitoblar reytingini tuzish va bizning talqinimizda “2018 yil kitobi”ni aniqlash rejalashtirilgan.
Ishtirokchilarining fikrlashi va tanlov xilma-xilligini inobatga olgan holda so‘rovnoma shartli ravishda 31 yoshgacha bo‘lganlar va undan kattalar uchun o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etish uchun quyidagi anketa savollariga javob bersangiz:
- Yoshingiz (31 yoshgacha, 31 yoshdan katta )
- Yil davomida qaysi kitoblarni o‘qidingiz? (30 ta so‘zdan oshmasligi kerak).
- Yakunlanayotgan yilda mutolaa qilgan badiiy asarlaringiz ichida “Yilning eng yaxshi kitobi” deb qaysi asarni hisoblaysiz? (g‘oyasi, badiiyati, uslubi va boshqa jihatlariga ko‘ra)
So‘rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga kiring.
Mavzuga oid
16:53 / 20.02.2026
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov o‘zining ilk kitobini taqdim etdi
14:09 / 16.01.2026
Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi
07:23 / 05.11.2025
Kitob o‘qishda peshqadam 5 davlat: Amerikadan Yevropagacha
11:53 / 22.10.2025