Köçada kitob sotiş faoliyati bilan şuğullanadigan, köpçilik ijtimoiy tarmoqlar orqali “tirik kitob” sifatida taniydigan Xayrulla Asadov ma’muriy jazoga tortildi. Bunga uning tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy şuğullangani sabab bölgan.
Kun.uz tanişgan sud qarorida keltirilişiça, 2025 yil 23 sentabr kuni Mirzo Uluğbek tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari Xayrulla Asadovga tegişli köçma savdo nuqtasida tekşiruv ötkazgan. Jarayonda u xaridorga 20 ming sömga xarid çeki bermagani va kunlik savdodan tuşgan 20 ming söm pulni onlayn nazorat kassa maşinasi xotirasiga kiritmagani, şuningdek, tegişli hujjatlarsiz faoliyat yuritayotgani aniqlangan.
Xayrulla Asadov qilmişidan puşaymon ekanini, bu kabi harakatlarni boşqa sodir etmasligini aytib, suddan yengillik söragan.
JIB Mirzo Uluğbek tuman sudining 2026 yil 6 yanvardagi qarori bilan Xayrulla Asadov Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyatini davlat röyxatidan ötmasdan amalga oşiriş huquqbuzarligini sodir qilgan deb topilgan. Unga BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming söm) miqdorida jarima jazosi qöllangan.
Şuningdek, Xayrulla Asadovning narxi 1 mln 520 ming söm bölgan 3 turdagi 100 dona kitobi tegişli tartibda musodara qilingan.
Toşkent şahar sudlari holat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Ma’naviyat va savdo örtasida farq bor. Kitob – ma’naviyat vositasi ekani töğri, biroq u sotuvda tovar hisoblanadi, sotuvçi esa savdo qoidalariga rioya etişi kerak. Bu masalaning huquqiy tomoni. Masalaning ijtimoiy-ma’naviy tomonlari ham bor, albatta. Bu, iş holatidan kelib çiqib, yuqori sud instansiyasida muhokama qilinişi mumkin”, deyiladi munosabatda.
Qöşimça qilinişiça, qonun sud qaroridan norozi tarafga şikoyat qiliş imkoniyatini beradi. Buning uçun yuqori sud instansiyasiga murojaat etiş lozim.












