O‘zbekiston | 09:13 / 31.01.2022
18503
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandlik tiktoker yoshi keksa odamning yuziga tepgani tasvirlangan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tiktoker ko‘chada ketayotgan yoshi keksa odamning yuziga tepib o‘tib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra holat o‘rganilmoqda.

«Samarqandda bir-ikki kun zalga qatnab, o‘zidan «ko‘cha zo‘ri»ni yasab olgan TikTok'chi — ko‘chada ketayotgan yoshi keksa mast kishini tepgan holati videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib maqtanayotgan shaxsning xatti-harakatlari IIB tomonidan o‘rganilmoqda», deyiladi munosabatda.

Avvalroq Samarqandda organ xodimlarini haqorat qilib, ko‘chani «xuliganlar» boshqarishini aytgan tiktoker 7 sutkaga qamalgandi.

Mavzuga oid