Samarqand şahrida Içki işlar xodimlari şa'niga nisbatan haqoratomuz sözlarni aytgani tasvirlangan videoni TikTok ijtimoiy tarmoğiga joylaştirgan yigitlarga qonuniy çora körilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, huquqbuzar yigitlarning xatti-harakatlari yuzasidan töplangan hujjatlar körib çiqiş uçun Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudiga yuborilgan.
Sud qaroriga köra, A.Ş.ga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan. Şuningdek, videolavhani u bilan birga tayyorlagan yana bir şerigi 4 sutka, videoni tasvirga olgan uçinçi yigit 4 sutkaga qamalgan.
«Ment» sözini videolavhada işlatganmiz, ammo özimiz uning ma'nosini bilmaganmiz. Içki işlar xodimlari vatanimiz tinçligi uçun qançalik xizmat qilayotgani haqida xabarim bor. Qilgan işimdan çin köngildan puşaymonman. Meni keçirişlarini sörab qolgan bölardim», – degan tiktoker sudda.

















