Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralarni olqishlaymiz» - Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
4 aprel kuni Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitini kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Prezident o‘z nutqi avvalida yig‘ilish oldindan aytib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tayotganini ta’kidladi.
«Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda.
Biz geosiyosiy ziddiyatlar, xavfsizlik muammolari, yirik mintaqaviy mojarolarning hamda barqaror taraqqiyotga nisbatan ijtimoiy va iqtisodiy tahdidlarning kuchayishiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Ayonki, hech bir mintaqa keng xalqaro hamkorliksiz bu qadar murakkab masalalarni mustaqil holda hal etishga qodir emas.
Shu munosabat bilan ta’kidlashni istardimki, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi an’anaviy sheriklar bo‘lib, o‘zaro yaqin hamkorlik uchun talab faqat o‘sib bormoqda. Biz ham Yevropa tomoni kabi xalqaro huquqning tamoyil va me’yorlariga sodiqligimizni bildiramiz.
Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar jarayonlari boshlanganini olqishlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Oldinda juda murakkab va yechimi oson bo‘lmagan masalalar turganini tushunamiz.
Biroq diplomatik sa’y-harakatlar va siyosiy qarorlar qabul qilishdan boshqa muqobil yo‘lni biz ko‘rmayapmiz», dedi O‘zbekiston rahbari.
Mavzuga oid
22:22 / 26.05.2026
Kiyevga «Oreshnik» bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026