2026 yildan boshlab elektr va gaz tariflari kamida 3 yil davomida o‘zgartirilmaydi
Belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar 2026 yildan boshlab, uch yildan kam bo‘lmagan muddatga amal qiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan, 2035 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Hujjat bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Tariflar ishlab chiqarish, qazib olish, uzatish va boshqa tizimli xizmatlar, taqsimlash va foydalanish va kapital xarajatlarni to‘liq qoplashni hisobga olgan holda sotish xarajatlaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar 2026 yildan boshlab, uch yildan kam bo‘lmagan muddatga amal qiladi.
Elektr energiyasining yagona va tabiiy gazning markaziy xaridori elektr energiyasi va tabiiy gazni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilangan tariflar bo‘yicha sotib oladi hamda sotadi.
Aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash elektr energiyasi va tabiiy gazning bazaviy normasini qo‘llash hamda ular uchun tariflar oshganda kompensatsiyalar berish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Tartibga solinadigan tariflar o‘zida xarajatlarni aks ettirishi, elektr energetika tarmog‘ining samarali ishlashi rag‘batlantirilishini ta’minlashi va ijtimoiy kompensatsiyalarni hisobga olishi lozim.
Elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish mexanizmi;
- tashkilotlar uchun talab qilinadigan daromadni va iste’molchilarning turli guruhlari uchun elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi;
- tariflarni asoslash uchun hujjatlarni taqdim etish;
- tariflarni shakllantirish ustidan davlat nazorati va boshqalar.
Tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- tariflarni tartibga solish tamoyillari;
- turlar bo‘yicha xarajatlarni va talab qilinadigan daromadni hisob-kitob qilish tartibi;
- subsidiyalanadigan tariflar;
- xarajatlar, aktivlar va daromadlarni taqsimlash tamoyillari va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
Jahon | 08:34
-
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi
Jahon | 08:10
-
BMT: Isroil G‘azoda jurnalistlarni ataylab o‘ldirmoqda
Jahon | 07:50
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
Mavzuga oid

13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

12:53 / 17.04.2025