Jahon | 19:11 / 26.11.2025
3261
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz oila a’zosining qo‘lidan halok bo‘lmoqda – BMT

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunida e’lon qilingan «BMT-Ayollar» tuzilmasining yangi hisobotiga ko‘ra, xalqaro majburiyatlarga qaramay, vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Foto: Canva

2024 yilda 50 ming ayol va qiz femitsid qurboniga aylandi va o‘z sheriklari yoki oila a’zolari tomonidan o‘ldirildi. Bu dunyoda har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz halok bo‘lganini anglatadi, bu esa zo‘ravonlikning dahshatli darajasini ta’kidlaydi.

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunida e’lon qilingan «BMT-Ayollar» tuzilmasining yangi hisobotiga ko‘ra, xalqaro majburiyatlarga qaramay, vaziyat keskinligicha qolmoqda.

O‘tgan yili dunyoda jami 83 mingta femitsid qurboni qayd etilgan bo‘lib, ularning 60 foizi (50 ming) yaqinlari tomonidan o‘ldirilgan ayollar va qizlardir. Taqqoslash uchun, o‘ldirilgan erkaklarning atigi 11 foizi sheriklari yoki qarindoshlari tomonidan o‘ldirilgan.

Femitsid - erkak tomonidan gender kamsitish yoki gender zo‘ravonlik asosida sodir etilgan ayolni o‘ldirish. Femitsidlarning aksariyati yaqin qarindosh erkaklar tomonidan sodir etilgan. Muammo onlayn zo‘ravonlikning ko‘payishi bilan yanada chuqurlashmoqda, bu ko‘pincha jismoniy zo‘ravonlik va hatto qotillikka aylanadi.

«Femitsidlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ular ko‘pincha nazorat, tahdidlar va ta’qiblar bilan boshlanadigan davom etayotgan zo‘ravonlikning yakuniy nuqtasiga aylanadi», dedi «BMT-Ayollar» tuzilmasining siyosat, dasturlar va hukumatlararo aloqalar bo‘limi direktori Sara Hendriks.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, femitsidlarning oldini olish uchun onlayn va oflayn zo‘ravonlikni hisobga oladigan samarali aralashuv va qonunlarni qo‘llash juda muhimdir.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, femitsid butun dunyo bo‘ylab sodir etiladi, ammo zo‘ravonlikning eng yuqori darajasi Afrikada kuzatiladi, bu yerda har 100 ming ayolga 3 ta femitsid holati to‘g‘ri keladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid