Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
Kelasi yildan boshlab yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va aylanma soliqlari to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizi tuman va shaharning o‘zida qolishi rejalashtirilgan. Prezident bu pullarning oqilona sarflanishida mahalliy kengashlarning faolligi muhimligini aytdi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda ilk bor mahalliy kengashlar hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ko‘rib chiqib, ma’qulladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Senatning ilk majlisida shu haqda so‘z yuritdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, deputatlar bu dasturlardagi vazifalar ijrosi bo‘yicha deputatlik va kengash nazoratini amalga oshirishda faol va tashabbuskor bo‘lishi kerak, xalq ulardan shuni kutmoqda.
2025 yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish rejalashtirilgan.
Natijada 2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari daromadi 9,4 trln so‘mga yoki 47 foizga oshadi. Ya’ni mahalliy kengashlarning ushbu sohadagi roli ortadi.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, bu islohotlar tuman va shaharlar o‘z hududidagi muammolarni mustaqil hal etish imkoniyatini tubdan oshiradi. Bundan tashqari, kengashlardan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qiynayotgan masalalar yechimi bo‘yicha asosli tashabbuslarni ilgari surishni ham taqozo etadi.
Senat esa bu yo‘nalishlarda mahalliy kengashlar faoliyatini tizimli tahlil qilib, ularga ko‘maklashib borishi zarur, dedi prezident.
Mavzuga oid
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026