Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri qabul qilinadi
Foto: Shutterstock
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi. Hujjat bilan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri ham taqdim etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida raqobatni himoya qilish va uni rivojlantirishga ko‘maklashish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri oldida hisobdor hisoblanadi, o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ularga ishonib topshirilgan tarmoqlar va hududlarda raqobat muhitini rivojlantirishga javobgardirlar.
Monopoliyaga qarshi siyosat asosiy qoidalar (prinsiplarga) quyidagilar hisoblanadi:
odillik;
musobaqalashish
raqobat neytraliteti;
halollik;
qonuniylik;
iste'molchilar huquqlariga rioya qilish;
samarali, biroq minimal zaruriy davlat aralashuvi;
shaffoflik.
Ustun (monopol) mavqe tovar yoki raqamli bozorda xo‘jalik yurituvchi sub'yekt, shaxslar guruhi yoki o‘zaro bog‘lanmagan bir necha shaxsning sotuvchi yoki xaridor sifatida raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, sotuvchilar, xaridorlar va pirovard iste'molchilarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga tovar narxi, hajmi, hududi, sifati, sotish shartlariga hamda innovatsiya darajasiga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatish imkoniyatini beradigan holatidir.
Tovar yoki raqamli bozorda ustun mavqe sifatida:
tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish va (yoki) sotish faoliyatini amalga oshiruvchi;
bozordagi ulushi ellik foiz va undan ortiqni tashkil etgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektning yoxud shaxslar guruhining holati e'tirof etiladi.
Ustun mavqe sifatida tegishli tovar va raqamli bozorda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ulushi quyidagicha bo‘lgan holati e'tirof etilishi mumkin:
bir xo‘jalik yurituvchi sub'yekt yoki shaxslar guruhining ulushi yigirmadan ellik foizgachani tashkil qilganda;
har birining bozordagi ulushi qolgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar yoki shaxslar guruhlarining ulushidan ortiq bo‘lgan ikkita o‘zaro bog‘lanmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar yoki shaxslar guruhlarining ulushi qirq foizdan ko‘proqni tashkil qilgan;
har birining bozordagi ulushi qolgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar yoki shaxslar guruhining ulushidan ortiq bo‘lgan uchta o‘zaro bog‘lanmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar yoki shaxslar guruhining ulushi ellik foizdan ko‘proqni tashkil qilgan;
har birining bozordagi ulushi qolgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar yoki shaxslar guruhlarining ulushidan ortiq bo‘lgan beshtadan ko‘p bo‘lmagan o‘zaro bog‘lanmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar yoki shaxslar guruhlarining ulushi uchdan ikki qismdan ko‘proqni tashkil qilgan;
Ushbu modda uchinchi qismining talablari quyidagi shartlarga birga rioya qilinganda tatbiq etiladi:
xo‘jalik yurituvchi har bir sub'yektning bozordagi ulushi tovar va raqamli bozorda kamida bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida barqaror bo‘lib turishi;
boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar (raqobatchilar)ning bozorga kirishini qiyinlashtiradigan to‘siqlarning mavjudligi;
tovar iste'mol qilishda boshqa tovar bilan almashtirilishi mumkin bo‘lmaganda.
Raqamli bozorda xo‘jalik yurituvchi sub'yektning ustun mavqeini aniqlashda, shuningdek quyidagilar e'tiborga olinadi:
bevosita va bilvosita tarmoq samarasi;
foydalanuvchilarning turli xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning tovarlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati va ularni almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar miqdori;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektning tarmoq samarasi munosabati bilan paydo bo‘ladigan samara ko‘lami;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektning raqobat muhitiga ta'sir qilayotgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlardan foydalanish imkoniyati;
uning bozordagi raqobatdagi ustunligiga innovatsiyalarning ta'siri.
Ushbu modda uchinchi qismi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari talablari, agar ko‘rsatib o‘tilgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan kamida bittasining bozor ulushi o‘n foizdan kamroqni tashkil etsa, tatbiq etilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub'yekt va shaxslar guruhi ustun (monopol) mavqe ega deb e'tirof etilgan paytdan e'tiboran ikki yil davomida tovar va raqamli bozorda shunday mavqega ega sifatida ko‘riladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub'yekt va shaxslar guruhining holati, agar uning oxirgi ikki yildagi daromadi hisoblashning bazaviy miqdorining to‘rt ming besh yuz barobaridan kamroqni tashkil etsa, ustun (monopol) mavqe deb e'tirof etilmaydi.
Tabiiy monopoliya tovari hisoblanmagan o‘z tovari yoki boshqa sotuvchilar tovarini sotish uchun foydalaniladigan, tarmoq infratuzilmasi (filial tarmog‘i) yoki raqamli platformaga ega bo‘lgan va bozordagi ulushi ellik foizdan kamroqni tashkil etgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining xaridor va sotuvchilarda tovarni boshqa tovar bilan almashtirishga yetarlicha imkoniyat mavjud bo‘lmaganda o‘zi uchun foydali yo‘nalishda bitimlar natijasiga, tovarni sotish chegaralarini, shartlarini va narxini belgilash yoki innovatsiya darajasiga bir tomonlama ta'sir ko‘rsatish imkoniyati, yuqori muzokara ustunligi deb topiladi.
Bir guruh shaxslar sifatida bitta tovar va raqamli bozorda faoliyat yuritadigan, yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisi shaxslar guruhi deb e'tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart bajariladi:
ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'yektning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek o‘zga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga egalik qiladi;
ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'yektda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari ushbu xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardagi ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga bevosita yoki bilvosita ega bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda o‘zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga bevosita yoki bilvosita ega bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig‘ini ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonun hujjatlariga yoki ushbu yuridik shaxslarning ta'sis hujjatlariga yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi;
ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'yektda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonun hujjatlariga va ushbu yuridik shaxslarning ta'sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi.
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki raqamli bozorning yagona sub'yekti sifatida qaraladi.
Tovar yoki raqamli bozorda ustun (monopol) mavqeni egallab turgan, xo‘jalik yurituvchi sub'yekt tomonidan belgilanadigan narx, agar ushbu narx:
raqobatni cheklasa yoki iste'molchiga zarar keltirsa;
tovar yoki raqamli bozorning boshqa ishtirokchilarinikidan yuqori va rivojlangan raqobat sharoitda xuddi shu yoki taqqoslanuvchi bozorda shakllangan narxdan yuqori bo‘lsa, bunday bozor mavjud bo‘lgan taqdirda;
bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur xarajatlar va foyda summasidan yuqori bo‘lsa yoki asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoxud tovar sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, monopol yuqori narx deb hisoblanadi.
Shuningdek, tovar bozorida ustun (monopol) mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yekt tovarining uning narxining oshishiga olib kelgan manipulyatsiya, tovarlarni birja savdolariga chiqarish jadvali va shartlariga rioya etmaslik va boshqa harakatlar natijasida birja savdolari yakunlari bo‘yicha shakllangan narxi monopol yuqori narx deb e'tirof etiladi.
Tovar yoki raqamli bozorda ustun (monopol) mavqeni egallab turgan, xo‘jalik yurituvchi sub'yekt tomonidan belgilanadigan va bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga zarur xarajatlar va foyda summasidan past yoki ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilash yo‘li bilan raqobatning cheklanishiga qaratilgan narx tovarning monopol past narxidir.
Davlat tomonidan narxni tartibga solish ijtimoiy ahamiyat va strategik xarakter kasb etadigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, shuningdek tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Ushbu modda talablari eksport narxlariga nisbatan joriy qilinmaydi.
Monopoliyaga qarshi komplayensning asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi xatarlarini samarali boshqarish;
davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va yuridik shaxslar birlashmalari uchun obro‘ yo‘qolishining oldini olish;
biznesni yuritishning insofli amaliyotini shakllantirish.
Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)dagi ellik va undan ortiq foiz aksiya (ulush)lar davlatga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va ularning sho‘'ba korxonalari, shuningdek yuridik shaxslar birlashmalarida majburiy hisoblanadi hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
Davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish uchun mas'ul shaxs tayinlanadi.
Monopoliyaga qarshi komplayensning lozim darajada amal qilishini ta'minlash uchun quyidagilar mas'ul hisoblanadilar:
ustav fondi (ustav kapitali)dagi ellik va undan ortiq foiz aksiya (ulush)lar davlatga tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida – kuzatuv kengashi tarkibiga majburiy tartibda kiritiladigan monopoliyaga qarshi organ vakili;
Davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)dagi ellik va undan ortiq foiz aksiya (ulush)lar davlatga tegishli bo‘lgan va kuzatuv kengashi mavjud bo‘lmagan yoki shakllantirilmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda, shuningdek ularning affilangan shaxslarida va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarida – rahbar.
Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tabiiy monopoliya sub'yektlari quyidagilarga majburdirlar:
tarifning kuchga kirishidan kamida o‘n besh kun avval uning amalga kiritilishi haqida iste'molchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish va monopoliyaga qarshi organga iste'molchilar lozim tarzda xabardor qilinganligi haqida ma'lum qilishga;
tabiiy monopoliya sub'yektlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish uchun imkoniyatni ta'minlashga;
o‘z faoliyati haqida har yillik ommaviy axborotni, shu jumladan moliyaviy natijalar, ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi, ularning faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni ularning rasmiy veb-saytida joylashtirish yoki ommaviy eshitishlar o‘tkazish yo‘li bilan oshkor etishga.
Xizmat ko‘rsatilishi shart bo‘lgan iste'molchilarni ro‘yxati va (yoki) ularni tabiiy monopoliya sub'yektlari realizatsiya qiladigan tovar bilan to‘liq hajmda qondirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ta'minlashning eng kam darajasini belgilash tartibi vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mavzuga oid
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025
Tibbiy jihozlar xavf darajasiga ko‘ra 4 sinfga ajratiladi: yangi qoidalar
15:22 / 08.12.2025