O‘zbekistonda «Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etiladi. Fond vasiylik kengashiga Sherali Jo‘rayev rahbarlik qiladi
O‘zbekiston prezidentining “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev
Hujjatda aytilishicha, fondni tashkil etishdan maqsad xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga samarali yo‘naltirishdan iborat.
Quyidagilar fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish;
- xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatish;
- xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
- xorijda O‘zbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish;
- vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag‘batlantirish, ularga xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
- xorijiy davlatlarning ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan muassasalarida pedagog kadrlarga bo‘lgan mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoshlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlariga ko‘mak ko‘rsatish;
- rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarning yurt nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish.
Ilovaga muvofiq, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vasiylik kengashi raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari etib belgilandi.
Fondni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘ sifatida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 5 milliard so‘m ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

08:50 / 10.01.2025
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

14:45 / 18.11.2024
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi

16:05 / 12.09.2024
“Apellyatsiya shikoyati kiritamiz” – Zohirshoh Jo‘rayev

13:04 / 11.09.2024