«Muqobil investitsiya fondlari töğrisida»gi qonun loyihasida vençur fondlari, xususiy investitsiyalar fondlari, fondlar fondi, investitsiya şirkatlari va biznes-fariştalar faoliyati uçun huquqiy asoslarni belgilaş nazarda tutilgan.
Loyihaga köra, muqobil investitsiya fondlari faqat malakali investorlar mablağlari hisobiga şakllantiriladi va ular qimmatli qoğozlar uyuşgan bozorida muomalada bölmagan aksiyalar, iştirok etiş uluşlari hamda boşqa aktivlarga investitsiya kiritadi.
Hujjatda vençur fondlarining innovatsion loyihalarni amalga oşiruvçi, rivojlanişning dastlabki bosqiçlaridagi yuridik şaxslarga sarmoya yönaltirişi, xususiy investitsiyalar fondlari esa amaldagi kompaniyalarga töğridan töğri investitsiya kiritişi belgilangan.
Şuningdek, qonun loyihasida biznes-fariştalarning huquqiy maqomi, ularning investitsiya kiritiş huquqlari, konvertatsiya qilinadigan qarzlar va kelgusida uluşni sotib oliş töğrisidagi bitimlar kabi yangi moliyaviy instrumentlar ham mustahkamlanmoqda.
Hujjatda muqobil investitsiya fondlarini davlat reyestriga kiritiş, boşqaruvçi kompaniyalarni litsenziyalaş, investorlar huquqlarini himoya qiliş, audit va nazorat mexanizmlarini joriy etiş ham nazarda tutilgan.
Qonun loyihasi qabul qilinişi vençur va xususiy kapital bozorini rivojlantiriş, innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mamlakatning investitsiya muhitini yanada takomillaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.







