Roskomnadzor «VKontakte», «Yandeks», Twitter va Facebook IP-manzillarini blokladi
«VKontakte», «Yandeks», Twitter, Facebook va «Odnoklassniki» IP-manzillari Roskomnadzor tomonidan taqiqlangan saytlar reyestriga kiritildi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.
Xabar berilishicha, ro‘yxatdan shuningdek Yahoo va Liveinternet IP-manzillari ham joy oldi. Idora saytida xabar berilishicha, «VKontakte»ga tegishli bo‘lgan 87.240.129.133 manzili bloklangan. Shuningdek, ro‘yxatda Google'ning 33ta IP-manzili va Microsoft (29), Amazon (14) manzillari, «Yandeks» hamda Facebook’ning beshtadan manzili, Twitter’ning uchta va «Odnoklassniki»ning bitta manzili bor.
Usher2.Club yaratuvchisi va «Dremuchiy les» xosting-provayderi bosh direktori Filipp Kulinning so‘zlariga ko‘ra, reyestrdan MSK-IX internet-trafik almashish nuqtasi ham joy oldi, u tarmoq uskunalari va kompyuterlar ichki soatlari sinxronlashishiga javob beradi.
«Agarda IP-manzillarning bloklanishi atayin bo‘lsa, ikkinchi zarba bo‘ladi – bank aloqalari, yo‘naltirgichlar, DNS tizimi», - dedi Kulin.
U bu Roskomnadzorning emas, balki jinoyatchilarning xatti-harakati bo‘lishi mumkin ekanini ham istisno etmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor YouTube va Gmail bo‘yicha izoh bergandi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024