Rossiya aholisi WhatsApp messenjeridan foydalanişda ommaviy tarzda muammolarga duç keldi. “Sboy.rf” xizmati ma’lumotlariga köra, duşanba kuni, 22 dekabr, Moskva vaqti bilan soat 18:00 holatiga kelib, ilova işi böyiça 4000 tadan ortiq şikoyat kelib tuşgan. Bir kun avval bunday şikoyatlar 891 ta, 20 dekabr kuni esa 226 ta bölgan. Eng köp şikoyatlar Moskvadan (umumiy soning 56 foizi), Sankt-Peterburgdan (13 foiz) va Moskva viloyatidan (7 foiz) yuborilgan. Jami bölib muammolar haqida RFning Yevropadagi qismidagi 19 ta hudud hamda qöşib olingan Qrim aholisi xabar bergan.

RBK agentligining telekom-bozordagi manbasi sözlariga köra, 22 dekabrdan Roskomnadzor messenjer işini “70–80 foizga” sekinlaştirgan, Rossiya aloqa bozori operatorlarining esa bu nosozlikka aloqasi yöq. Rossiyaliklar murojaatlaridan kelib çiqsa, WhatsApp’da ogohlantirişlar töğri işlamay qolmoqda, yuklaniş paytida “qotib qoliş” holatlari kuzatilmoqda, matnli xabarlarni yuboriş esa qiyinlaşgan.

Öz navbatida, Roskomnadzor messenjer “RFda terroristik harakatlar va firibgarlik uçun işlatiladi”, degan fikrni yana bir bor ta’kidladi. Idora WhatsApp’ga nisbatan joriy etilgan “çeklov çoralari” sabablarini tuşuntirar ekan, şunday dedi: “WhatsApp Rossiya qonunçiligini buzişda davom etmoqda. Messenjer mamlakat hududida terroristik harakatlarni taşkil etiş va ötkaziş, ularning ijroçilarini yollaş, firibgarlik va fuqarolarimizga qarşi boşqa jinoyatlar uçun işlatiladi”.

Rossiya hokimiyati bosimi kuçayayotganiga qaramay, WhatsApp Rossiyada hanuz eng ommabop messenjer bölib qolmoqda. Rossiyaning Mediascope tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 2025 yil avgust oyida mamlakatda WhatsApp’ning 97 mlndan ortiq unikal foydalanuvçisi bölgan — bu ötgan yilgi körsatkiçdan 6 mlnga köp.

Şu bilan birga, rossiyaliklarning ayrim toifalariga örnatişga majbur qilinayotgan mahalliy MAX messenjerining dekabr örtalaridagi örtaça kunlik auditoriyasi bor-yöği 45 mln foydalanuvçini taşkil etgan.

28 noyabr kuni RKN, idora ta’kidlaşiça, Rossiya qonunçiligini buzişda davom etayotgan WhatsApp Rossiyada töliq bloklanişi mumkinligini ogohlantirgan. WhatsApp’ga nisbatan yangi çeklov çoralari joriy etilişi bilan bir vaqtda Roskomnadzor foydalanuvçilarga “milliy servislarga ötiş”ni tavsiya qilgan. Öşa kuni Rossiyaning bir qator hududlarida foydalanuvçilar WhatsApp işida yana ommaviy uzilişlar va nosozliklar bölayotganini xabar qilgan.

Şu bilan birga, WhatsApp’dan kamida ayrim yuqori lavozimli Rossiya mansabdorlari faol foydalanişda davom etmoqda. “Kommersant” gazetasiga Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Ukrainadagi uruş haqida AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan bölgan telefon suhbati sizib çiqqani yuzasidan bergan izohida aytişiça, Moskva ba’zan Vaşington bilan WhatsApp orqali ham muloqot qiladi.