Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda mashinasida 51 kg gashish olib ketayotgan shaxs ushlandi
Ushbu fuqaroning yashash xonadonidan ham gashish giyohvand moddasi topilgan. 39 va 40 yoshli sheriklar afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga o‘tkazilgan bu narkotik moddalarni kelgusida sotishni maqsad qilgan.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahrida tug‘ilgan 40 yoshli shaxs o‘zining boshqaruvidagi Cobalt mashinasida 50 kg 978 gr gashish moddasini olib ketayotgan vaqtida ushlangan. Uning yashash xonadonidan ham 186 gr gashish moddasi topilgan.
Tadbir davomida ushbu shaxsning sherobodlik 39 yoshli jinoiy sherigi ham ushlangan. Aniqlanishicha, ular afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga o‘tkazilgan ushbu giyohvandlik vositalarini kelgusida sotishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, qonunbuzarlarning biri muqaddam shu turdagi, ikkinchisi esa firibgarlik jinoyati uchun sudlangan.
Toshkent shahrida kuzatilgan holatda esa Uchtepa tumanida yashovchi 25 yoshli shaxs tomonidan Telegram orqali poytaxt hududida sintetik giyohvandlik vositalari sotish holati aniqlangan. U DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 225 gr “Al’fa PVP” sintetik narkotik moddasi bilan qo‘lga olingan.
So‘ngra uning 20 yoshli tanishi 2 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan ushlangan. Dastlabki so‘rovda u dori vositasini Mirzo Ulug‘bek tumanidagi dorixonalarning biridan sotib olgani aniqlangan. Tezkor tadbir davomida ushbu dorixonaning norasmiy sotuvchisi 14 dona “Regapen” dori vositasini mijozga 1 mln 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, dorixonaning yordamchi omborxonasidan 20 200 dona “Gabaten”, 823 dona “Regapen”, 100 dona “Galara”, 4 dona “Torgabalin” kabi tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar saqlovchi, tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari ham ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda katta miqdorda psixotrop dorilarni saqlagan ikki nafar ayol qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
12:41 / 05.12.2025
Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi
08:40 / 01.12.2025