Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistondan suzib o‘tgan shaxs 5 kilodan ortiq “gashish” bilan qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yirik miqdordagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum bo‘lishicha, Tojikiston hududidan Sirdaryo daryosi orqali O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy ravishda buzib o‘tgan Bekobod shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olingan. Uning yoni tekshirilganda 5 kilogramm 31 gramm “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona idoralari hamkorligida poytaxtda faoliyat yurituvchi xususiy tibbiy klinikalardan birida o‘tkazilgan tekshiruv davomida yana bir holat fosh etildi. Xona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mazkur shifoxonada davolanayotgan 1970 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli 1 kilogramm 367 gramm “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam jinoiy sherigi tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kilogramm 21 gramm “gashish” moddasini olgan vaqtida ushlandi. Tekshiruv jarayonida uning yashash xonadonidan 2 gramm “opiy” moddasi ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur shaxsning jinoiy sherigi hisoblangan Farg‘ona shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olindi.
Navbatdagi holatda esa oldindan kuzatuvga olingan Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining “Nexia” rusumli avtomashinasida Marg‘ilon shahri hududida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtoulovdan 996 gramm “gashish” moddasini uloqtirib, voqea joyidan qochishga uringan. U ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu qonunbuzarlik holatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mas’ul idoralar fuqarolarni bu kabi qonunbuzilish holatlari haqida Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
15:45 / 03.04.2026
Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
14:10 / 27.03.2026