Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvurlar eskirgani tufayli 30 foiz ichimlik suvi yo‘qotilmoqda
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvining 30 foizi quvurlar eskirgani, yaroqlilik muddati o‘tgani sababli yo‘qotilmoqda.
Bugun, 19 iyun kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq muammolar haqida ma'lumot berdi.
«O‘zbekistonda aholi iste'moli uchun bir kunda 4 million kub metr ichimlik suvi ishlab chiqariladi. Ma'lum hududlarda grafik asosida, masalan, kunning ma'lum qismlarida suv beriladi, ayrim joylar esa 8 soat, ba'zi hududlar esa 24 soat ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.
Barcha iste'molchilarni hisobga olsak, aholining kunlik suv iste'moli 4 million kub metrni tashkil qiladi», – dedi Alipasha Ahmedov.
Vazirlik vakiliga ko‘ra, quvurlar eskirgani va ularning yaroqlilik muddati o‘tgani tufayli respublikada suv yo‘qotish ko‘rsatkichi juda yuqori: hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvining 30 foizi yo‘qotilmoqda.
«Jahon tajribasida ham o‘ziga xos texnik holatlarni hisobga olgan holda 10-15 foizgacha suv yo‘qotilishi tabiiy holat sanaladi. Lekin bu ko‘rsatkich 30 foizdan baland bo‘lmasligi kerak.
Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri ham bu muammoni hal qilishdan iborat. Vazirlik 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, o‘tgan 3 yil davomida ichimlik suvi yo‘qotish darajasini har yili 2-3 foizga kamaytirib bormoqda. 2020 yilda ham suv yo‘qotish ko‘rsatkichini 4-5 foizga kamaytirish rejalashtirilgan», – dedi Alipasha Ahmedov.
Mavzuga oid
09:56 / 27.11.2025
Daraxt ekish uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yozda bekor bo‘ladi
17:22 / 13.11.2025
“EKO NOM” va “Novator” rusumli suv hisoblagichlar bo‘yicha izoh berildi
21:29 / 11.11.2025
«Eko Nom» va «Novator» rusumli suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi
14:46 / 05.09.2025