Bugun, 19 iyun kuni Milliy matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati rahbari Alipaşa Ahmedov içimlik suvi ta'minoti bilan boğliq muammolar haqida ma'lumot berdi.

«Özbekistonda aholi iste'moli uçun bir kunda 4 million kub metr içimlik suvi işlab çiqariladi. Ma'lum hududlarda grafik asosida, masalan, kunning ma'lum qismlarida suv beriladi, ayrim joylar esa 8 soat, ba'zi hududlar esa 24 soat içimlik suvi bilan ta'minlanadi.

Foto: Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati

Barça iste'molçilarni hisobga olsak, aholining kunlik suv iste'moli 4 million kub metrni taşkil qiladi», – dedi Alipaşa Ahmedov.

Vazirlik vakiliga köra, quvurlar eskirgani va ularning yaroqlilik muddati ötgani tufayli respublikada suv yöqotiş körsatkiçi juda yuqori: hozirgi kunda işlab çiqarilayotgan içimlik suvining 30 foizi yöqotilmoqda.

Foto: Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati

«Jahon tajribasida ham öziga xos texnik holatlarni hisobga olgan holda 10-15 foizgaça suv yöqotilişi tabiiy holat sanaladi. Lekin bu körsatkiç 30 foizdan baland bölmasligi kerak.

Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri ham bu muammoni hal qilişdan iborat. Vazirlik 2017 yilda taşkil etilgan bölsa, ötgan 3 yil davomida içimlik suvi yöqotiş darajasini har yili 2-3 foizga kamaytirib bormoqda. 2020 yilda ham suv yöqotiş körsatkiçini 4-5 foizga kamaytiriş rejalaştirilgan», – dedi Alipaşa Ahmedov.