Bugun, 19 iyun kuni Milliy matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati rahbari Alipaşa Ahmedov kanalizatsiya tizimi va iste'mol qilingan içimlik suvini zararsizlantiriş borasidagi muammolar haqida ma'lumot berdi.

«Agar respublikada kuniga 4 million kubometr suv işlab çiqarilayotgan bölsa, uning 10-15 foizi bevosita iste'mol qilinadi, qolgan suv esa işlatilgandan söng kanalizatsiya orqali çiqindi sifatida oqizib yuboriladi.

Bu boradagi katta muammo kanalizatsiya tizimi bilan boğliq. Hozirgi kunda respublika aholisining 17 foizi kanalizatsiya bilan qamrab olingan. Şuning uçun amalga oşirilayotgan investitsion loyihalarimizning asosiy qismi ham kanalizatsiya tizimini yaxşilaşga qaratilgan», – dedi Alipaşa Ahmedov.

Foto: Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati

Vazirlik vakilining sözlariga köra, viloyatlar markazlari aholisining kanalizatsiya tizimiga ulanganlik darajasi 67 foiz atrofida bölib turibdi.

Bundan taşqari, kanalizatsiya quvurlari orqali çiqarib yuborilgan suv zararsizlantirilgaç, oçiq havzalarda saqlanadi. Va uning atrof-muhitga zarar yetkazmasligi muammosi ham mavjud.

«Jahon tajribasida iste'mol qilingan suv asosan qişloq xöjaligida foydalaniş uçun yönaltiriladi. Bizda esa iste'mol qilingan suv oçiq havzalarda saqlanmoqda.

Masalan, işlab çiqariş korxonalari tomonidan iste'mol qilingan suvni qayta işlaş uçun alohida texnologiyalar zarur böladi. Çunki ular suvdan foydalanişda turli kimyoviy vositalardan foydalanişadi. Bu kabi har bir holatni hisobga olib, suvni zararsizlantiriş va qayta işlaş tizimini işlab çiqiş ham oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri bölib qolmoqda», – dedi Alipaşa Ahmedov.

Ma'lumot uçun, 2019 yil sentabr holatiga köra, Özbekistondagi şaharlarning faqat 79tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj.

2030 yilga qadar mamlakat aholisining kanalizatsiya bilan qamrab olinganlik darajasini 31 foizga yetkaziş közda tutilgan.